Tojikistonda yengil avtomobilning velosipedchilar guruhini urib ketishi oqibatida to‘rt nafar xorijlik sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy hukumatga asoslanib xabar bermoqda.

Foto: Akhbor

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan turistlarning ikki nafari AQSh fuqarosi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana uch kishi jarohat oldi.

Foto: Akhbor
Foto: Akhbor

Velosipedchilarga kelib urilgan mashinaning haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Haydovchini qidirish va qo‘lga olish uchun maxsus brigada tashkil etildi.