O‘zbekiston | 17:38 / 30.07.2018
28576
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» rahbari: «Dilerlar yoki to‘g‘ri ishlaydi, yoki ular bilan xayrlashamiz»

Foto: Xalqaro press-klub

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi O‘zbekistondagi rasmiy dilerlar bilan shartnomalarni bekor qilish borasida tahdid qildi. Bu ular «bugungi talablar asosida ishlamasa», yuz beradi, deya ma'lum qildi kompaniya boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov.

«Men dilerlarni ogohlantiruv xati yubordim. Agarda majburiyatlar shartnomaga muvofiq bajarilmasa, barcha shartnomalar bekor qilinadi. Biz bu haqda hali e'lon qilamiz», - dedi u.
 
Bundan tashqari, u dilerlar ichki bozorda sota olmagan katta hajmdagi avtomobillar partiyasi qaytarilgani haqida shikoyat qildi.

«Agar ular bugungi talablarga muvofiq ishlamasa, erkin raqobat sharoitida mijozlarga kerakli darajada xizmat ko‘rsatishmasa... Aks holda, ular buni hal qila olmaydi. Sababi - hammasi shaffof bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi «O‘zavtosanoat» rahbari.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya SAP platformasida savdo tizimi tatbiq etishni rejalashtirmoqda. «Inson omili minimallashtiriladi. Yoki ular (dilerlar) to‘g‘ri ishlaydilar, yoki biz xayrlashamiz», - deya qo‘shimcha qildi Umurzokov.

Mavzuga oid: O‘zbekistonda avtomobillar narxi oshmoqda. 85 foiz to‘lov qilganlar qo‘shimcha pul to‘laydimi?

Mavzuga oid