O‘zbekistonda avtomobillar narxi oshmoqda. 85 foiz to‘lov qilganlar qo‘shimcha pul to‘laydimi?
Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zavtosanoat" vakillari ishtirok etdi.
Avvalroq, “O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov joriy yilning 1 avgust kunidan mashinalar narxi oshishi haqida ma'lum qilgandi.
“O‘zavtosanoat” raisi avval avtomobil xarid qilish uchun 85 foiz to‘lov qilgan xaridorlarning qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi haqidagi savolga izoh berdi.
Uning bildirishicha, yangi narxlar eski shartnoma tuzilgan mashinalarga amal qilmaydi. Yangi narxlar rasmiy e'lon qilingach, yangi shartnomalar uchun amal qiladi. Oldinroq avtomobil sotib olish uchun to‘lovni amalga oshirgan xaridorlar yangi narxdagi ustamalarni to‘lamaydi.
“Avval to‘lovni amalga oshirgan xaridorlar eski narxlarda avtomashinalarni oladilar. Ular qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirmaydi. Shu bilan birga, shartnomada keltirilgan kunda mashinalarni olishadi”, - dedi Umurzoqov.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval «O‘zavtosanoat» rahbari narxlar nega oshirilayotganini tushuntirgandi.
Mavzuga oid
18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
11:04 / 13.07.2024
Bosh vazir va’dasi yerda, hunarmandlar esa ko‘chada qoldi. Umrzoqovning qarori nega bekor qilindi?
15:26 / 10.07.2024