O‘zbekiston xorijiy investorlarni xususiy maktablarni ochishga taklif qildi
O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi xorijiy investorlarni mamlakatda xususiy umumta'lim maktablarni ochishga taklif qildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Xususiy maktablarda axborot texnologiyalari, tabiiy fanlar va xorijiy tillar kabi yo‘nalishlarda yangi ta'lim berish usullari va o‘quv rejalarini joriy etish taklif etilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi xususiy maktablarni tashkil etish, investorlarni himoya qilish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlamoqda.
«Biz xususiy maktablar sektoridagi katta xilma-xillik va raqobat farzandlarimiz uchun ta'lim tizimini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, deb ishonamiz, - deya ma'lum qilgan Sherzod Shermatov. Barcha xalqaro maktablarni bolalarimizga sifatli ta'lim berishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga taklif qilamiz».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherzod Shermatov O‘zbekistonda kuzatilayotgan tarixiy imkoniyat haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
11:43 / 20.11.2024
2025 yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
20:17 / 05.11.2024