Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon chempionati ortidan daromad ko‘rgan oligarxlar nomi ma'lum bo‘ldi
WMT Consult tahliliy agentligi Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati ortidan daromad ko‘rgan biznesmenlar ro‘yxatini tuzdi.
Jahon chempionati tufayli sport va shahar infrastrukturasini barpo etish bo‘yicha eng ko‘p shartnomalarni Gennadiy Timchenko, Viktor Vekselberg, Oleg Deripaskalarga qarashli kompaniyalar qo‘lga kiritishgan.
«JCh-2018 shuningdek, Mixail Fridman, Alisher Usmonov, Leonid Fedun, Arkadiy Rotenberg, Dmitriy Kamenshik va boshqa taniqli oligarxlar ishtirokisiz o‘tmadi», — deyiladi WMT Consult tadqiqotida.
Ma'lumot berilishicha, turnirni tashkil etish 1,2 trillion rublga tushgan. Undan 134 milliard rubl stadionlar qurilishi va rekonstruksiyasiga, 352,5 milliardi aeroportlar, yo‘llar va transport infrastrukturasining boshqa obektlari uchun sarflangan.
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018