Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron muzokaralarni tiklash uchun AQShni yadroviy kelishuvga qaytishga chaqirdi
AQSh ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar tiklanishi uchun Eron bilan yadroviy kelishuvga qaytishi lozim. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning maslahatchisi Hamid Abutolibiy o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Eron huquqlarining hurmat qilinishi, dushmanlikdan voz kechish, yadroviy kelishuvni bajarish – bular AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar uchun yo‘l ochish sari tashlanadigan qadamlar bo‘ladi", - deb yozdi Abutolibiy.
AQSh prezidenti dushanba kuni Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan Oq uydagi qo‘shma matbuot anjumanida Rouhani bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi. Trampga uchrashuv o‘tkazish uchun Tehronga biror shart qo‘yiladimi, degan savol berildi.
"Hech qanday shart qo‘yilmaydi. Agar ular uchrashishni istashsa, men uchrashishga tayyorman", - deb javob qaytardi u.
21 may kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo agar Eron o‘z siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirmaydigan bo‘lsa Vashington Tehronga mislsiz bosim o‘tkazishini, xususan tarixdagi eng qat'iy sanksiyalar rejimini joriy etishini bildirgandi.
Mavzuga oid
00:39
Eron Isroilga raketalar to‘lqinini yo‘lladi
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
22:26 / 07.06.2026
Boshlovchi bilan aytishib ketgan Tramp intervyuni to‘xtatdi
20:25 / 07.06.2026