Jahon | 08:29 / 31.07.2018
6187
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada zilziladan so‘ng odamlarni qutqargan it zaharlandi

Foto: Facebook

2016 yilda Italiyaning Amatrichesidagi juda kuchli zilziladan keyin odamlarni qutqarishda yordam bergan Kaos laqabli nemis ovcharkasining Fabiano Ettore feysbukdagi o‘z sahifasida it zaharlangani haqida yozdi.

«Tepada o‘z ishingni davom ettir, yo‘qolganlarni qidir va hayotlarni qutqar», - deb yozgan Ettore. 

28 iyul, kuni shanba kuni erkak feysbukdagi o‘z sahifasida ovcharka yo‘qolib qolgani haqida e'lon berdi.

The Guardian gazetasidan ta'kidlashlaricha, Kaosning o‘limi hayvonlar huquqlari uchun faollar orasida g‘azab keltirib chiqardi. Ayni paytda itning o‘limi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiyada narkomafiya iskovuch itning hayoti uchun 70 ming dollar taklif qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid