Giyohvand moddalarni olib ötiş bilan şuğullanuvçi Kolumbiyadagi yirik guruh vakillari Şarpa laqabli politsiya itining hayoti uçun 200 mln peso miqdorida mukofot e'lon qilişdi. Bu haqda Tvnotas portali xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga köra, it xizmat vaqtida taxminan töqqiz tonna kokainni topişga muvaffaq bölgan. Politsiyaga qaraşli iskovuç itning bunday yutuqlari narkomafiyani şu darajada ğazablantirdiki, hatto «Körfaz klani» guruhi yetakçisi Dario Usuga nemis ovçarkasining hayoti uçun 200 mln peso taklif qilgan.

Ta'kidlanişiça, politsiya narkomafiya tomonidan berilgan e'londan xabar topgaç, huquqni muhofaza qiliş organlari Şarpani Bogota aeroportiga xizmatga ötkaziş haqidagi qarorga kelgan. Politsiyaçilarning fikriça, itga bu yerda heç qanday tahdid bölmaydi.