Jahon | 17:47 / 31.07.2018
4177
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan hudud bo‘yicha muhim kelishuvga erishdi

Foto: Yonhap via REUTERS

Pxanmunjomning chegara punktida 31 iyul kuni Shimoliy va Janubiy Koreya vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar xavfsizlik masalalari bo‘yicha «kelishuvga erishdilar». Bu haqda Janubiy Koreyaning «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, KXDR va Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan chegaraoldi zonadan qo‘riqlash postlarini sinov rejimida olib tashlashga tayyor. Hozirgi vaqtda u yerda Janubiy Koreyaning 60ta va KXDRning 160ta qo‘riqlash posti mavjud.

Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan zona hududida ko‘milgan askarlarning xokini birgalikda qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid