Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi
Olmaliq shahrining yangi hokimi tayinlandi.
«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, endilikda shaharga O‘ktamjon Dexqonovich Karimov rahbarlik qiladi.

U Toshkent viloyati hokimining 2018 yil 30 iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, 2018 yil 31 iyuldan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Olmaliq shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
O‘ktamjon Karimov yangi lavozimda 2017 yil avgustidan buyon ishlab kelgan, biroz oldin Qibray tumani hokimligiga o‘tkazilgan Miragzam Mirqosimov o‘rnida ish boshlaydi.
O‘ktamjon Karimov 1972 yili Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan, 1994 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1994-95 yillarda Farg‘ona shahridagi kollejda o‘qituvchilik qilgan O‘ktamjon Karimov 1995-2003 yillarda Farg‘ona viloyati neftni qayta ishlash zavodida turli lavozimlarda ishlagan. U 2003-2008 yillarda Farg‘ona viloyati «O‘zneftni qayta ishlash» kompaniyasida faoliyat yuritgan, 2008 yildan 2018 yilgacha «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Mavzuga oid
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
20:49 / 23.10.2025
Olmaliqda murabbiy bolalarni kaltak bilan «tarbiyalab» kelgan. U bu ishi uchun uzr so‘radi
20:15 / 11.10.2025
Reportaj: Chirchiqda tug‘ilgan siam egizaklariga shifoxonadan uyiga javob berildi
11:54 / 02.09.2025