Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kelinini pichoqlagan qaynota. Hodisa aslida qanday yuz bergan?
1 iyul kuni Farg‘onada qaynota kelinini pichoqlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Axborot 24» ko‘rsatuvida mazkur holatga aniqlik kiritildi.
Ma'lum qilinishicha, hodisa viloyatning Quva tumanida yuz bergan. 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Tursunboy Mamadaliyev fuqaro Shahnoza Mamadaliyevani xonadoniga kelin qilib olgan. Biroq, qaynota va kelin bir-biri bilan chiqisha olmay qolgan. Oilaviy janjallardan birida qaynota o‘zini tiyib tura olmagan - kelinining qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marta urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada ayol olgan tan jarohati bo‘yicha Quva tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez yordam bo‘limi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Dastlabki tergov davomida u mazkur jinoyatni ruhiy holati buzilishi natijasida sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Tursunboy Mamadaliyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026