Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba aholisiga yangi konstitutsiya loyihasini sotib olish taklif qilindi
Foto: The New York Times/World Press Photo
Seshanba, 31-iyuldan boshlab Kuba aholisi mamlakatning yangi konstitutsiyasi loyihasini sotib olishi mumkin. Bu haqda Correos de Cuba nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 32 betlik konstitutsiya loyihasi bir Kuba pesosi (0,99 dollar, 7742,05 so‘m) narxida sotuvga chiqarildi. Hukumat bir hafta davomida Kuba yangi konstitutsiyasi loyihasining taxminan 600 000 nusxasini nashr etishni rejalashtirmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Kuba hukumati 13 avgustdan 15 noyabrgacha bo‘lgan davrda yangi konstitutsiyani umumxalq referendumiga chiqaradi.
Mavzuga oid: Kubada prezident lavozimi ta'sis etilishi kutilyapti
Mavzuga oid
17:56 / 22.05.2026
Rubio Kubani AQSh uchun tahdid deb e’lon qildi
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
17:20 / 19.05.2026
Sovetlardan qolgan “yodgorlik” – Kubadagi AES nega bitmay qolgandi?
09:20 / 18.05.2026