Kuba Xalq hokimiyati milliy assambleyasi (bir palatali parlament) şanba kuni mamlakatning yangi konstitutsiyasini körib çiqiş va tasdiqlaş uçun yalpi majlisga yiğiladi.
Hozir amalda bölgan asosiy qonun Kubada 1976 yilda, mamlakatga Fidel Kastro (1926-2016) rahbarlik qilganida qabul qilingan. Kubada öşandan beri jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy özgarişlar yuz berdi, ular konstitutsiyada mustahkamlab qöyilişni nazarda tutadi. Şu bilan birga, Kuba hukumatining bir neça bor ta'kidlaganidek, markaziy prinsiplardan biri - davlatning sotsialistik xarakteri va jamiyat hayotida Kommunistik partiyaning rahbarlik roli - bu yangi konstitutsiyada ham özgarişsiz qoladi.
Parlament majlisi 23 iyulga qadar davom etadi. Hujjat deputatlar tomonidan ma'qullangaç, referendumga olib çiqiladi. Umumxalq ovoz beriş qaçon bölib ötişi hozirça ma'lum qilinmagan. Kutilişiça, u joriy yilning oxiriga qadar ötkaziladi.
Yangi konstitutsiya matni e'lon qilinmadi, biroq Kuba Kommunistik partiyasi MQning Granma gazetasi asosiy qonunga qanday muhim özgartirişlarni kiritiş nazarda tutilayotgani haqida xabar berdi.
Mavjud konstitutsiyaga muvofiq, Davlat kengaşi va Vazirlar kengaşi raisi davlat rahbari hisoblanadi. Aprel oyidan buyon Migel Dias-Kanel bu lavozimni egallab turibdi.
Yangi konstitutsiyada mamlakat prezidenti lavozimini ta'sis etiş nazarda tutilmoqda. U davlat rahbari vazifalarini bajaradi va Milliy assambleya deputatlari tomonidan ketma-ket ikki martadan ortiq bölmagan holda beş yil muddatga saylanişi mumkin.
Bundan taşqari, yangi konstitutsiyada boş vazir lavozimini ta'sis etiş belgilangan, u Kubadagi oliy ijroiya organi - Vazirlar kengaşiga rahbarlik qiladi. Şunday qilib, mamlakatda davlat rahbari va hukumat boşliği lavozimi ajratiladi. Boş vazirni saylaş yoki tayinlaş jarayoni qanday amalga oşirilişi aniq körsatilmagan.
Yangi konstitutsiyada «erkin bozor va mulkçilikning yangi şakllari, şu jumladan, xususiy mulkni» tan oluvçi band paydo böladi, biroq asosiy işlab çiqariş vositalari davlat tasarrufida bölişi saqlanib qoladi.
Bundan taşqari, yangi konstitutsiya «xorijiy sarmoyalarning mamlakat iqtisodiy rivojlanişi uçun muhimligi»ni tan oladi. Kuba hukumatiga köra, Ozodlik oroli milliy iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun yiliga 2,5 milliard dollardan köproq xorijiy investitsiyalar talab qilinadi.












