Saudiya Arabistoni podshohi «kelajak shahar» - Neomda hukumat yig‘ilishini o‘tkazdi
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud seshanba kuni Qizil dengiz sohilida, podshohlikning shimoli-g‘arbiy qismida qurilgan Neom «kelajak shahri»da birinchi marta hukumat yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda «Al Arabiya» telekanali xabar bermoqda.
Ol Saud dushanba kuni kechqurun Neomga yangi kurort-shaharning birinchi mehmoni sifatida kelgan. U Misr va Iordaniya hududlarini qamrab olishi mo‘ljallanmoqda.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Saudiya hukumati Neomda «Anna Alla» harakatidan bo‘lgan yamanlik isyonchilarning Bob-al-Mandib bo‘g‘ozida Saudiya neft tankerlariga yaqinda yuz bergan hujumini muhokama qilgan. Shundan so‘ng podshohlik neftni bu dengiz yo‘li orqali eksport qilishni to‘xtatdi. Hukumat dengiz yo‘llari erkinligi va xavfsizligini ta'minlash lozimligi hamda Qizil dengizdagi Xodayda porti ustidan nazoratni Yaman qonuniy hukumatiga topshirish kerakligini ta'kidlagan.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon o‘tgan yil oktabr oyida Neom global innovatsion shahri va kurorti loyihasini taqdim etdi. Mamlakat hukumatining va'da berishicha, shahar erkin iqtisodiy zonaga aylanib, energetika, suv resurslari, transport, biotexnologiyalar, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sanoatning innovatsion turlari, media, ko‘ngilochar soha, raqamli texnologiyalar kabi sektorlardagi yuqori texnologiyali biznesdan olingan daromadlar hisobidan quriladi. U qayta tiklanadigan manbalardan olingan elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Mavzuga oid
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
08:20 / 11.09.2024
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
09:44 / 29.06.2024
Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani aytilyapti
18:28 / 24.06.2024