Jahon | 09:40 / 01.08.2018
5107
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishi allaqachon boshlangani bilan maqtandi

Foto: Jabin Botsford/The Washington Post

AQSh ma'muriyati chegaralarni iloji boricha xavfsiz qilishga intilmoqda va bu dasturning elementlaridan biri Meksika bilan chegarada devor qurish bo‘ldi, uning elementlari qurilmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Florida shtatining Tampa shahrida Respublikachilar partiyasi faollari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

«Biz chegaralarimizdagi maksimal xavfsizlikni istaymiz va biz uni ta'minlaydiganlarning - Immigratsiya-bojxona xizmati va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining xizmatlarini alohida ta'kidlashni xohlaymiz, - deya ma'lum qildi Tramp. - Chegaralardagi ishonchli xavfsizlik Meksika bilan chegara devor qurish hisobidan ham ta'minlanadi. Ko‘plar biz qurilishni boshlaganimizni bilmaydilar: biz 1,6 milliard dollar ajratdik va devorning katta qismini qurmoqdamiz, ammo qo‘shimcha mablag‘ kerak».

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu loyihaga qo‘shimcha mablag‘ olish uchun «ancha radikal choralarga ham borishga» majbur bo‘lishi mumkin. U gap qanday choralar haqida ketayotganiga oydinlik kiritmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid