Asosiy dori vositalarining ro‘yxati kengaytirildi
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan yangilangan Asosiy dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini tuzish bo‘yicha yo‘riqnomasining 4-bandiga muvofiq esa mazkur ro‘yxat quyidagilar uchun ishlatiladi:
• tibbiyot muassasalari ehtiyojlari tahlili;
• DVni ratsional xarid qilish va tarqatish;
• DVga sarflangan xarajatlarning o‘rnini qoplash sxemalarini ishlab chiqish;
• tibbiyot xodimlarini DVni to‘g‘ri ishlatishga o‘qitish;
• asosiy dori vositalarini milliy farmatsevtik korxonalar tomonidan ishlab chiqarishni jadallashtirish;
• asosiy dori vositalari va narxlar bog‘liqligi bo‘yicha monitoring olib borish;
• muruvvat va boshqar turdagi yordam ko‘rsatish uchun tuzilgan dori vositalari ro‘yxati to‘g‘riligini baholash;
• samarasiz dori vositalarini aylanmadan chiqarib tashlash;
• tobora faol va bezarar DVni qo‘llash yo‘li bilan xarajatlarni kamaytirishga erishish.
Qabul qilingan hujjat avvalgisidan salmoqliroq. Eski ro‘yxat 328 ta pozitsiyadan iborat bo‘lgan. Yangisidan esa 820 ta pozitsiya o‘rin olgan. Bundan tashqari, dori vositalari 3 turga bo‘lingan:
• umumiy asosiy dori vositalari;
• voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan asosiy dori vositalari;
• dorivor o‘simliklar saqlovchi dori vositalari.
Hujjat 30.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
15:39 / 01.06.2024
Dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
16:00 / 30.05.2024
Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi. Bunday ta’qib uchun javobgarlik bor
08:26 / 14.05.2024
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yetakchi hudud ma’lum bo‘ldi
08:23 / 03.02.2024