Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda to‘qqiz kishi yuk mashinasi ishtirokidagi YTH natijasida halok bo‘ldi
Foto: xinhuanet.com
Xitoyning Guandun provinsiyasida yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, hodisa Xueydun uyezdida sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida sement tashuvchi mashina ag‘darilib ketgan va ikkita yengil avtomobilni bosib qolgan. Yana ikki kishi tan jarohati oldi.
Ro‘y bergan hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:16
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida 238 nafar o‘quvchi mashina boshqarayotganida ushlandi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:06 / 25.05.2026