O‘zbekiston | 01:05 / 02.08.2018
26567
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda ham "hojatxona inqilobi"ga start berildi

Foto: Mega - GM

Xiva shahar hokimi vazifasini bajaruvchi E.Yaqubov  "Nurullaboy madaniyat va istirohat bog‘i" DUK hududidan ijtimoiy sheriklik asosida zamonaviy turdagi hojatxona qurilishi uchun yer maydoni ajratilishi to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. 

Hujjatga muvofiq Xiva shahridagi "Nurullaboy madaniyat va istirohat bog‘i" DUK hududidan zamonaviy turdagi hojatxona qurilishi uchun 12 metr kvadrat yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilgan. 

Mazkur qaror Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdig‘iga kiritiladigan bo‘ldi. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Xiva shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Otajonov zimmasiga yuklatildi. 

Bundan avval KUN.UZ'da Toshkent viloyatida sayyohlarga mo‘ljallangan biohojatxonalar qurilishiga start berilgani haqida xabar berilgan edi. 1 sentabrga qadar viloyatdagi biohojatxonalar sonini 10 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Har qancha ayanchli bo‘lmasin, mamlakatimizda bu masalaga yaqin yillarga qadar jiddiy e'tibor qaratilmagan. Yurtimizdagi hojatxonalarning tartibsizligi, ularning "hididan topib borilishi" kabi muammoning borligi  haqiqat va bu O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarga noqulaylik tug‘dirmoqda. Shu bois hukumat tomonidan ushbu muammoni bartaraf etishga katta e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirmoqchi ekanmiz, shu yurtda yashovchi har bir fuqaro hatto shu kabi "mayda" jihatga ham e'tiborli va mas'ul bo‘lishi shart. 

Mavzuga oid