Toşkent viloyatiga taşrif buyurayotgan sayyohlarga qulay şart-şaroitlar yaratiş va ularga körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida viloyat Turizmni rivojlantiriş kompleksi tomonidan töliq örganiş va kamçiliklarni bartaraf etişga doir amaliy işlar boşlab yuborildi.

KUN.UZ muxbirining Kompleks vakillari bergan ma'lumotga asoslanib xabar berişiça, 26 iyul kuni Pskent tumani Novkent MFY hududi 4R-20 “Qorasuv-Böka-Bekobod” avtoyölining 18-19 km yöl böyida viloyatdagi birinçi biohojatxona örnatildi. Biohojatxona Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va RiaBuildingConstructionGroup'ning qöşma loyihasi mahsulidir.

Biohojatxona - sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keluvçi zamonaviy sanitariya-gigiyena jihozlari (suv ta'minoti, ventilyatsiya tizimi, içki va taşqi yoritiş tizimi, qöl yuviş va gigiyenik moslamalar, santexnika jihozlari va boşqalar) bilan töliq ta'minlangan.

Uşbu biohojatxona örnini belgilaşda sayyohlarning töxtaşi uçun qulay turizm infratuzilmasi mavjud bölgan hudud tanlandi. Biohojatxona atrofida umumiy ovqatlaniş şoxobçasi, Uluğ vatan uruşi qatnaşçisi va xalq maorifi a'loçisi Ungar Örmonovning uy muzeyi, ministadion va ziyoratgoh, avtobekat kabi infratulma obektlari bor.

Ta'kidlaş joizki, şu yilning 1 sentabriga qadar Toşkent viloyatining yana 10 hududiga biohojatxona örnatiş böyiça “yöl xarita”lari işlab çiqilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yöllari hisoblangan M-39 (Olmata-Bişkek-Toşkent-Şahrisabz-Termiz), M-34 (Toşkent-Duşanbe), A-373 (M-39 avtoyöli - Guliston-Böka-Angren-Qöqon va Andijon orqali Öş), A-373A (Toşkent-Ohangaron- Angren) hamda davlat ahamiyatidagi avtoyöllar — 4R2, 4R20 (Bektemir postidan Tojikiston Respublikasigaça), 4R12 (Bardanköl posti - Çorvoq), 4R6 (S.Najimov çegara bojxona posti-Çimyon qişloği) yöl böylari hamda Çorvoq erkin turistik zonasi hududi, Parkent va Ohangaron tumanlarida ham biohojatxonalar örnatilişi rejalaştirilmoqda.














