Sport | 12:52 / 02.08.2018
16957
2 daqiqa o‘qiladi

«Milan» vs «Yuventus». Yilning eng murakkab transferi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

«Milan» va «Yuventus» klublarining futbolchilar almashinuvi tafsilotlari ma'lum qilindi.

«Milan» Turin klubi hujumchisi Gonsalo Iguain transferi uchun jami  54 million yevro to‘laydi – 3 mavsum ijarasi uchun 18 mln yevro va keyin sotib olish uchun 36 mln yevro.

Argentinalik futbolchining Milan klubidagi yillik maoshi miqdori 9,5 million yevroni tashkil qiladi, 3 yil davomida 9,5 million yevroning 1 million yevrosini «Yuventus» to‘laydi (Iguainning transfer huquqi 3 yil davomida «Yuve»da qoladi).

«Milan» himoyachisi Leonardo Bonuchchi va «Yuventus» himoyachisi Mattia Kaldaraning har ikkisi klublar tomonidan 35 million yevroga baholangan hamda bu futbolchilar almashinuvi qo‘shimcha to‘lovlarsiz amalga oshadi.

Bonuchchining yillik maoshi miqdori 5 million yevroga teng bo‘ladi, qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutilgan. «Yuve»ga qaytish uchun ushbu futbolchi maoshi miqdori 7,5 million yevrodan 5 million yevroga tushishiga rozi bo‘lgan. U bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi.

Kaldara «Milan» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi va yiliga 2 million yevro miqdorida maosh oladi.

Transferlar haqida bugun rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid