Fan-texnika | 20:24 / 02.08.2018
8123
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo urushi yangi iPhone narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin

Apple kompaniyasi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi uning biznesiga zarar yetkazishi, iPhone va boshqa gadjyetlarning narxlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda kompaniyaning choraklik hisobotiga tayanib Bloomberg xabar berdi.

«Xalqaro savdo sohasidagi bahslar tariflarning oshishi va protektsion choralarning kuchaytirilishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida kompaniya faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Tariflar sababli kompaniya mahsulotlari hamda tarkibiy qismlar va xomashyo narxlari oshishi mumkin», — deyiladi hisobotda.

Avvalroq Financial Times gazetasi Apple mahsulotlari AQSh tomonidan joriy etilgan 10 foizlik qo‘shimcha boj to‘lanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga tushib qolishi mumkinligini, chunki ular Xitoydagi zavodlarda Xitoyda ishlab chiqarilgan butlovchi qismlardan yig‘ilishini yozgandi.

1 avgust kuni AQSh Xitoyning 200 milliard dollarlik mahsulotlariga 25 foizlik boj o‘rnatishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi. 

Mavzuga oid