Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosta-Rika qirg‘oqlarida ikki tonna kokain olib ketayotgan kema ushlandi
Foto: La Nation
Kosta-Rikaning Sohilni qo‘riqlash xizmati qariyb ikki tonna kokainni olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi. Bu haqda La Nation xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kema Kosta-Rika qirg‘oqlaridan taxminan 150 kilometr uzoqlikda, Tinch okeanida tutib olingan.
Qayd etilishicha, kokainli kema AQSh hukumati yordamida qo‘lga olindi.
Shu bilan birga, Kolumbiya fuqarolari bo‘lgan kemaning ekipaj a'zolari ham ushlandi.
Avvalroq, Buyuk Britaniyaning chegara xizmati 1,6 tonna kokainni olib ketayotgan yaxtani mamlakat qirg‘oqlarida qo‘lga olgani xabar qilingandi.
Ta'kidlanishicha, yaxta Angliya qirg‘oqlari yaqinida, La-Mansh bo‘g‘ozida ushlandi.
Mavzuga oid
15:02 / 04.03.2026
OAV: Rossiyaning gaz tashuvchi kemasi O‘rta Yer dengizida yonmoqda
08:43 / 04.03.2026
Tramp: zarurat bo‘lsa, AQSh kuchlari Yaqin Sharqdagi kemalarni himoya qiladi
17:52 / 24.02.2026
Titanikning omadsiz o‘t yoquvchisi haqida hikoya
10:20 / 10.02.2026