Kosta-Rikaning Sohilni qöriqlaş xizmati qariyb ikki tonna kokainni olib ketayotgan kemani qölga oldi. Bu haqda La Nation xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, kema Kosta-Rika qirğoqlaridan taxminan 150 kilometr uzoqlikda, Tinç okeanida tutib olingan.

Qayd etilişiça, kokainli kema AQŞ hukumati yordamida qölga olindi.

Şu bilan birga, Kolumbiya fuqarolari bölgan kemaning ekipaj a'zolari ham uşlandi.

Avvalroq, Buyuk Britaniyaning çegara xizmati 1,6 tonna kokainni olib ketayotgan yaxtani mamlakat qirğoqlarida qölga olgani xabar qilingandi.

Ta'kidlanişiça, yaxta Angliya qirğoqlari yaqinida, La-Manş böğozida uşlandi.