Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari uchun Chejudo oroliga vizasiz kirish to‘xtatildi
Foto: KUN.UZ
Janubiy Koreya hukumati 12 mamlakat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun Chejudo oroli hududiga vizasiz kirishni taqiqladi. Bu haqda Qirg‘izistonning Koreyadagi elchixonasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Koreya Respublikasi Immigratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil 1 avgustdan boshlab Chejudo orolining hududiga Qirg‘iziston, Misr, Gambiya, Senegal, Bangladesh, Pokiston, Somali, O‘zbekiston, Nepal, Kamerun, Shri-Lanka va Myanma fuqarolarining vizasiz kirishiga taqiq joriy etildi», - deyiladi xabarda. O‘zbekiston elchixonasining saytida bu haqda ma'lumot yo‘q.
Chejudoga vizasiz kirish 2001 yilda qabul qilingan maxsus qonun doirasida amalga oshiriladi. Chejudo oroliga 30 kun muddatga tashrif buyurish uchun viza talab etilmaydi, bunda chet ellik sayyoh orolga faqat sayyohlik maqsadida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz reysi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz orqali kelishi talab etiladi.
Mavzuga oid
21:47 / 26.01.2026
Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin
14:32 / 24.01.2026
Janubiy Koreya birinchilardan bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:52 / 21.01.2026