Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani KXDR bo‘yicha rezolyutsiyalarni buzganlikda aybladi
Rossiya KXDRning bir necha ming fuqarolariga o‘z hududida ishlash uchun ruxsatnoma berdi va shu tariqa Shimoliy Koreya bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining sanksiya rezolyutsiyalarini buzdi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi, deya xabar beradi Interfaks.
«So‘zlar hech qanday qiymatga ega emas: Rossiya Xavfsizlik kengashida faqat sanksiyalarni so‘zlar bilan qo‘llab-quvvatlamaydi, biroq ularni o‘z xatti-harakatlari bilan buzadi», - deyiladi Xeylining bayonotida.
Shu bilan birga, uning eslatishicha, Pxenyanga qarshi sanksiyalar KXDRning to‘liq yadrosizlanishiga qadar tugatilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturlari ustida ishlashni davom ettirayotgani xabar qilingandi.