Jahon | 17:59 / 04.08.2018
16225
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Suriyadan chiqib ketish shartlarini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy

Eron Suriyadagi ishtirokini vaziyat barqarorlashsa, terrorizmga qarshi kurash esa o‘z yakuniga yetsa, kamaytiradi yoki butunlay chiqib ketadi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Bahrom Qosimiy ma'lum qildi.

«Suriya hukumati buni yana qancha xohlasa, biz bu mamlakatda shuncha bo‘lamiz. Suriya hukumatining murojaatidan tashqari, terrorizmga qarshi kurash ham muhim vazifa bo‘lgandi. Biz Suriya barqarorlikka yaqin ekani, terrorizm bilan kurash oxiriga yetayotgani va jiddiy muvaffaqiyatlarga erishilganini his etishimiz bilan, albatta, ushbu davlatdagi maslahat ishtirokimizni qisqartiramiz yoki umuman chiqib ketamiz», - deya aytib o‘tdi Qosimiy Pana agentligiga. Bayonot matni Eron tashqi ishlar vazirligining saytida e'lon qilindi.

Iyul oyi o‘rtalarida Eron oliy yetakchisi Ali Xomeniyning xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy Eron Suriyadagi ishtirokini saqlab qolishi, aks holda terrorchilar faol faoliyatga qaytishi haqida ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, Eron qo‘shinlari Suriyada rasmiy Damashqning iltimosi bilan bo‘lib turibdi, hamda boshqa davlat, jumladan, AQShning mamlakatdan qo‘shinlarni olib chiqish haqidagi talabi kulgilidir. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning Suriyadagi ishtiroki Isroil bilan hech qanday bog‘liqlikka ega emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Suriya bo‘yicha AQShga yashirin iltimosi ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid