O‘zbekiston | 12:23 / 04.08.2018
3126
2 daqiqa o‘qiladi

YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishda ko‘maklashadi

Foto: ecb.europa.eu

“O‘zbekenergo” AJda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining  (YeTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya davlatlari bo‘yicha Boshqaruv direktori Nataliya Xanjyenkova va “O‘zbekenergo” AJ rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalasida muzokara bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, avvalo, qayta tiklanadigan energetikani qo‘llab-quvvatlash va ularning strategiyasini ishlab chiqish hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda energetika sektorini isloh qilish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlarni yanada tezlashtirish hamda birgalikda harakat qilish borasida kelishib olindi.

O‘z navbatida, “O‘zbekenergo” AJ rahbariyati o‘zaro manfaatli hamkorlik yuqori sur'atlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ma'lumot o‘rnida: YeTTB  tomonidan bugungi kunda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurish, energetika tarmog‘i va kommunal xo‘jalik obektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid