Jahon | 09:21 / 04.08.2018
20546
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada harorat rekord ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda

Foto: Pierre-Philippe Marcou/AFP/Getty Images

Kelayotgan dam olish kunlari Portugaliya va Ispaniyada havo o‘ta issiq bo‘ladi – qator mamlakatlar meteorologlari 4 va 5 avgustda harorat rekord ko‘rsatkichni qayd etishi yoki tarixiy rekordni yangilashi mumkinligini aytishmoqda. 

Yevropadagi harorat rekordi 1977 yil iyulda Gretsiyada qayd etilgan. O‘shanda Afinada harorat 48 darajaga yetgan.

Ayni kunlarda Afrika tomondan Portugaliya va Ispaniyaga ulkan issiq havo massasi harakatlanmoqda. Ispaniyalik sinoptiklar aholi va sayyohlarni dushanbagacha davom etadigan anomal jaziramadan ogohlantirmoqda.

VVS meteorologi Nik Miler bu davlatlarda harorat 50 darajagacha chiqishidan xavotir bildirdi. Ispaniya va Portugaliyada ilgari qayd etilgan rekord harorat mos ravishda 47,3 (2017 yil) va 47 darajaga teng bo‘lgan.

Shvetsiyalik olimlar bu yilgi yozda havo o‘ta isib ketganligidan tashvish bilidirishmoqda. Ularning xabar berishicha, Kebnekayse tog‘idagi muzliklar shiddat bilan erimoqda. Stokgolm universiteti professori Ganxild Roskvistning aytishicha, tog‘ning janubiy qismidagi cho‘qqida oxirgi oy ichida 4 metrdan ortiq muzlik erib ketgan.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid