Sport | 16:00 / 04.08.2018
23883
1 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov Makgregor bilan jang uchun rekord miqdorda gonorar oladi

Foto: Global Look Press

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdumannop Nurmagomedov so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang uchun o‘g‘li aralash yo‘nalishlarda ishtirok etuvchi rossiyaliklar orasida rekord miqdorda gonorar oladi.

«Makgregor bilan jang qilish uchun Habib aralash yakkakurashlar ishtirok etuvchi rossiyalik jangchi uchun rekord summani oladi. Jangchilar aynan qancha gonorar olishi rasman e'lon qilinishini kutamiz, buni UFC ma'lum qiladi», - deya Abdumannop Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «RIA Novosti».

Avvalroq, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.

Shuningdek, UFC rahbari dahshatli jang kutilayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid