Jahon | 09:17 / 04.08.2018
4797
1 daqiqa o‘qiladi

Putin neft eksportiga bojlarni pasaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin neft sohasidagi soliq manyovri doirasida neftga eksport bojlarni bosqichma-bosqich pasaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Tegishli hujjat RF huquqiy axborot rasmiy portalida e'lon qilindi.

Matnga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab neftga bo‘lgan eksport boji olti yil davomida hozirgi 30%dan 0%gacha kamaytirib boriladi. Biroq, neftga bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish uchun soliq uch yil davomida oshiriladi.

Shu bilan birga, hujjatda ichki bozorda yoqilg‘i narxlari keskin ko‘tariladigan bo‘lsa, hukumat neft eksportiga qo‘shimcha tariflarni joriy etish huquqiga ega ekani nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya vazirlar mahkamasiga jahon bozorlarida neft narxining 15 foizdan ortiqqa oshishi yoki kamayishi sharoitida qo‘shimcha bojlar joriy etish huquqi beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid