16:27 / 04.08.2018
8682

Serbiya va Kosovo o‘rtasida qurolli mojaro yuz berishi mumkin - OAV

Foto: dreamstime

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Serbiya Milliy xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda Kosovo bilan munosabatlardagi vaziyatning keskinlashishi xavfi muhokama qilindi. Bu haqda Novosti.rs yozmoqda.

Serbiya maxsus xizmatlarining Moskvadan olgan ma'lumotiga ko‘ra, Kosovo xavfsizlik kuchlari Amerika Qo‘shma Shtatlar ko‘magida Shimoliy Kosovoga bostirib kirishni maxfiy tarzda rejalashtirmoqda. Operatsiya nomi - «Oltin shamshir». Amaliyotning maqsadi - qisman tan olingan respublikaning butun hududida Kosovo «suverenitetini» tasdiqlash.

Kuni kecha Vuchich Kosovo va Metoxiya aholisiga ochiq xat bilan chiqdi. «Serbiya, men o‘z o‘rnimda ekanman, serblar va ularning muqaddas joylariga qarshi zo‘ravonliklar hamda ta'qiblarga yo‘l qo‘ymaydi. Kosovo va Metoxiyada yangi «Bo‘ron» yuz bermaydi», - deya yozgan u.

Bir kun avval Kosovo Xavfsizlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda Kosovo shimolidagi serblarning bir tomonlama ravishda serb muxtoriyatini e'lon qilish harakati to‘g‘risidagi mavjud ma'lumotlar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, Kosovo shimolida KFOR tinchlikparvarlari kontingenti «muntazam mashqlarni» o‘tkazdi. Gazetaning yozishicha, KFOR a'zolari 4 avgust ertalab Gazivod ko‘li va gidroelektrstansiyasiga borish yo‘llariga joylashtirilgan.

Gazetaning bildirishicha, harbiy mashg‘ulotlar - bo‘linmalarni o‘lka shimoliga yuborish uchun bahona bo‘lgan.

Nashrning xabar berishicha, Kosovo shimolida keyingi 48 soat ichida vaziyat keskin yomonlashishi mumkin, shuning uchun NATO missiyasi to‘rt ming kishi guruhini shimolga, Vuchitrn munitsipalitetidagi Majunsko qishlog‘iga «tashlagan» (Prishtina va Kosovska-Mitrovitsa orasida).

Shuningdek, xabar qilinishicha, ko‘plab harbiy texnika Prshtina - Kosovska-Mitrovitsa yo‘lini bir muddat davomida to‘sib qo‘ygan, jihozlar vertolyotlar bilan ham olib o‘tilgan.

Mavzuga oid
Top