Jahon | 21:35 / 05.08.2018
7945
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda politsiya namoyishchilarga qarshi rezina o‘qlardan foydalandi

AQShning Oregon shtatidagi Portlend shahri politsiyasi ultra o‘nglar guruhi va ularning raqiblari to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun rezina o‘qlardan foydalanishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar berdi Amerika OAVlari.

Shanba kuni AQSh prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi o‘ta o‘ng Patriot Prayer guruhi tashkil qilgan mitingga ularning raqiblari ham kelgan. Ko‘chaning ikki tomoniga yig‘ilgan ko‘psonli kishilar bir-birlarini haqorat qila boshlashgan.

Foto: Portland Tribune

Yig‘ilganlar politsiyaning ko‘chani tark etish talabini bajarishdan bosh tortishgach, huquq posbonlari rezina o‘q va yorug‘lik-shovqin granatalaridan foydalanishni boshlashgan. Namoyishchilar ularga qarata shisha idish va toshlarni uloqtirishgan, deb yozadi Portland Tribune.

Keyinroq Portlend politsiyasi miting davomida to‘rt kishi qo‘lga olingani, bir necha kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.

Foto: Portland Tribune
Foto: Portland Tribune

Mavzuga oid