Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyat Pensiya jamg‘armasi 100 yoshdan oshgan 77 nafar nuroniyni yo‘qladi
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va huquqiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni buning yaqqol misolidir.
Mazkur Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015 yilning 1 mayidan boshlab har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshirib kelinmoqda. Hozirgi kunda viloyatimiz bo‘yicha 100 yoshdan oshgan 77 nafar pensioner istiqomat qiladi va ularga yuqorida keltirilgan qo‘shimcha to‘lov amalga oshirib kelinmoqda.


Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan 3-4 avgust kunlari Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan tabriklash hamda holidan xabar olish maqsadida 77 nafar fuqarolarning yashash manzillariga borib yo‘qladi.
Bir asrdan ortiq umrguzaronlik qilgan onaxonlar hozirgi kunda qariyalarga berilayotgan e'tibor, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan minnatdor ekanligini ta'kidladilar. Duolarida shunday ulug‘ kunlarga yetib kelganidan yaratganga shukurlar aytib, yurtga omonlik, farovonlik tilab duoga qo‘l ochildi.


Suhbat davomida Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i Mamadolim Sattorov nuroniylarni Mustaqilligimizning 27 yilligi bilan tabriklab, hozirgi kunda aholi turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan pensionerlarga yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirib o‘tdi. Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlariga bu fuqarolarning holidan doimiy xabar olib turish, pensiya pullarini birinchi navbatda to‘lab borilishi bo‘yicha topshiriq berdi.
Bu kabi tadbirlarni fuqarolarning boshqa qatlamlarini ham qamragan holda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026