Jahon | 21:48 / 06.08.2018
15899
1 daqiqa o‘qiladi

Lamborghini'ni ijaraga olgan britaniyalikka to‘rt soat ichida 33ta jarima yozildi

Foto: The National

Buyuk britaniyalik yigirma besh yoshli sayyoh Dubayda Lamborghini Huracan avtomobilini ijaraga oldi va to‘rt soat ichida tezlik qoidasini 33 marta buzdi. Politsiyaning ma'lumot berishicha, u mashinani soatiga 240 kilometr tezlikda haydagan. Bu haqda The National nashri xabar berdi.

Saeed Ali Rent ijara firmasining ma'lum qilishicha, ular superkarni ijaraga berganlarining ertasi kuni jarima to‘g‘risidagi xabarnomalarni olishni boshlashgan. Umumiy jarima miqdori 175 ming dirhamni (47644 dollar) tashkil etgan. Avtomobilni ikki kunga ijaraga olish sayyohga olti ming dirxamga (1633 dollar) tushgan.

Ijara firmasi Lamborghini’ni jarima to‘lash masalasi hal bo‘lgunga qadar britaniyalikda qoldirishga qaror qilgan. Buning sababi, avtomobil qaytarib berilgan holda kompaniyaning o‘zi to‘lashi uchun jarima kompaniya nomiga yoziladi. 

Mavzuga oid