Rossiya gretsiyalik diplomatlar mamlakatdan chiqarib yuborilishini e'lon qildi
Rossiya TIV Gretsiyaning Rossiyadagi elchisi Andreas Friganasga «Afinaning rossiyalik diplomatik xodimlari va fuqarolariga nisbatan iyul oyidagi nodo‘stona harakatlariga» javoban qabul qilingan choralar to‘g‘risidagi notani topshirdi.
11 iyulda Gretsiya ikki nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishi va Rossiya TIVning yana ikki nafar xodimini mamlakatga kiritmasligini e'lon qilgandi. Gretsiya hukumati ularni mamlakat ichki ishlariga aralashishda, milliy xavfsizlikka tahdid va mahalliy amaldorlarni sotib olishga urinishda ayblagandi.
Rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilganidan so‘ng Rossiya TIV «ko‘zguli javob» qaytarishini ma'lum qildi, ammo 13 iyul kuni «Gretsiya hukumatining Rossiyaga qarshi harakatiga keskin norozilik» bildirish bilan cheklandi.
26 mart kuni AQSh, Kanada va Yevropadagi 20dan ortiq davlat Britaniyaning Solsberi shaharchasida Sergey va Yuliya Skripallar zaharlanishi munosabati bilan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024