Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Kanadadan o‘z elchisini chaqirib oldi
Ar-Riyod maslahatlashib olish uchun Saudiyaning Ottavadagi elchisini chaqirib oldi, deb xabar berdi Saudiya Arabistoni matbuot agentligi.
Bundan tashqari, qirollik TIV Kanada elchisini persona non-grata deb e'lon qildi va unga mamlakatni tark etish uchun 24 soat muhlat berdi.
Shuningdek Saudiya Arabistoni Kanada bilan bo‘ladigan barcha yangi savdo va investitsion o‘tkazmalarni muzlatib qo‘ydi.
Payshanba kuni Kanada TIV rahbari Xristya Friland Saudiya Arabistonida bloger Raif Badaviyning singlisi, huquqshunos Samar Badaviyning hibsga olinganidan "judayam tashvishda" ekanligini bildirgan va ularni ozod qilishga chaqirgandi.
"Saudiya Arabistonining liberal tarmog‘i" internet sayti asoschisi Raif Badaviy 2012 yilda diniy ulamolar va qirollik diniy politsiyasini tanqid qilgani uchun hibsga olingandi. U shuningdek islom dinini tahqirlash, kiberjinoyatlar va Saudiya Arabistonida jinoyat hisoblanuvchi otasiga bo‘ysunmaslikda ayblangan. Badaviy o‘n yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026