Jahon | 09:28 / 06.08.2018
5551
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyani portlarni to‘sishda harbiylardan foydalanganlikda aybladi

Foto: unian.net

Ukraina Infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni Qrim ko‘prigi, shuningdek, Azov dengizidagi harbiy-dengiz kuchlaridan kema egalarida Ukrainaning Berdyansk va Mariupol portlariga kirish imkoni yo‘qqa chiqishi uchun foydalanmoqda. Vazir bu haqda «112 Ukraina» telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea shunga olib keldiki, Berdyansk va Mariupol portlariga kemalar kirishi 10 foizga kamayib ketdi, bu esa «yuz millionlab grivnaga» teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlarni keltirib chiqardi.

«Agarda ijtimoiy-iqtisodiy samara hisoblab chiqilsa, Rossiya tomoni xatti-harakatlari tufayli Kerch bo‘g‘oziga yoki Azov dengiziga kirishda kutib turishi kerak bo‘lgan kema egalarining yo‘qotishlari sanaladigan bo‘lsa, bu yo‘qotishlar bir necha barobarga baland bo‘ladi», - deydi Omelyan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonining harakati Ukrainadagi vaziyatni «beqarorlashtirishga» qaratilgan. Vazirning ta'kidlashicha, Kiyev bu borada ittifoqchilarning yordamiga muhtoj.

«Biz hamkorlarimiz bilan birga, Rossiyaning Qora dengiz portlariga qarshi shu kabi choralarni qo‘llash bo‘yicha ish olib bormoqdamiz», - deya aniqlik kiritdi Omelyan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid