Sport | 10:39 / 07.08.2018
4782
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Olimpiada paytida vaqtni o‘zgartirishga tayyor

Foto: REUTERS

Yaponiya hukumati 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari paytida vaqtni ikki soatga o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi TASS.

Shu tariqa, Olimpiadaga mezbonlik qiladigan mamlakat yozda Yaponiya uchun an'anaviy bo‘lgan jazirama ob-havo muammosi hal qilinishiga umid bildirmoqda. U ochiq havodagi sport musobaqalarida sportchilar uchun jiddiy qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin.

Ushbu masala bo‘yicha Yaponiya hukmron partiyasi a'zolarida yagona fikr yo‘q. Partiyadan bildirishlaricha, mamlakat 60 yil oldin rad etgan yozgi vaqtga o‘tish fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida norozilik hamda tartibsizlikka olib kelishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid