DUCAT: shinam uyga ega bo‘ling!
Bugungi kunda yaxshi uy-joy bu nafaqat zamonaviy texnologiyalar va materiallarning yuqori sifatliligi, balki joylashuvning qulayligi va rivojlangan infratuzilmaning mavjudligidir. Poytaxt kundan-kunga o‘zgarib, qulay va shinam uy-joylar qurilmoqda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan talablar esa tobora murakkablashib bormoqda.
Hozirda ko‘pchilik xaridorlar uchun ko‘chmas mulkning qaysi tumanda joylashganligi muhim ahamiyatga ega. DUCAT zamonaviy uy-joy majmuasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining eng yuqori nuqtasida joylashgan bo‘lib, (Oltintepa ko‘chasi, sobiq Tsiolkovskiy ko‘chasi), u nafaqat me'moriy tuzilishi, balki yashash uchun qulay shart-sharoitlari bilan ham lol qoldiradi.
DUCAT afzalligi – barcha qulayliklarga ega bo‘lgan va qulay yashash mezonlariga javob beruvchi megapolis markazida joylashganligidir. Bu yerda yashash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar: maktablar, bolalar bog‘chasi, shifoxonalar, bog‘lar, qulay transport bog‘lamalari bor. Sizning kelajakdagi uyingiz qulay turmush sharoiti uchun zarur bo‘lgan barcha maishiy va ijtimoiy obektlarga ega.
DUCAT – bu nafaqat turar-joy majmuasi, balki yorqin hayot sari qadamdir. Uyning arxitekturasi elegant ko‘rinishda bo‘lib, uning shakllari aniq va geometrik jihatdan simmetrik. Noyob loyiha yetakchi mahalliy arxitektorlar – “ARTIFEX GROUP” guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. DUCAT – bu 34 xonadonga mo‘ljallangan ikki pod'yezdli sakkiz qavatli uy. Uy 75 m2 dan 119 m2 gacha bo‘lgan 2, 3, 4 va 5 xonadan iborat kvartiralardan tashkil topgan. Lekin xohishga ko‘ra, ularni shaxsiy ehtiyojlarga mos ravishda qaytadan planlashtirish mumkin. Shiftning balandligi 3 metr bo‘lib, bu shinam uyda yashashni istaganlar uchun ayni muddao.
“DUCAT” turar-joy majmuasi tumanning eng baland qismida joylashgan bo‘lib, yuqori qavatdagi Roof Garden va mansardali xonadonlardan ajoyib tog‘ manzarasi ko‘rinadi. Agar 8 qavatda joylashgan 4 xonali kvartira sotib olsangiz, 55,8 m2 mansarda hamda 42,2 m2 maydonga ega Roof Garden (terrasa)ni sovg‘a sifatida olasiz.
Ushbu turar-joy majmuasida “Aqlli uy” tizimining tayanch to‘plamini o‘rnatish kuzda tutilgan. Bu esa kelgusida xonadon egalariga Smart Home kengaytirilgan funksiyalarini individual istaklarga mos ravishda o‘rnatish imkonini beradi. Qurilish sifati, uyning zilzilabardoshliligi, shovqinni o‘tkazish darajasidan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Turar-joyni qurishda xavfsiz va qulay yashash sharoitini ta'minlashga alohida yondashilgan.
Turar-joy majmuasi himoyalangan hudud hisoblanadi. Shuning uchun farzandingizni hovliga, bolalar maydonchasiga bexavotir chiqarishingiz mumkin. Bu yerda 24 soatlik qo‘riqlash va videokuzatuv tizimi mavjud. Yer osti avtoturargohi, yuk ko‘taruvchi lift, yosh bolalar va nogironlar aravachasi uchun pandusning mavjudligi, shuningdek, pod'yezdlarga kiraverishdagi xollning keng ekanligi DUCAT turar-joy majmuasining har bir xonadon egasi uchun qulay ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Zamonaviy turar-joy majmualari bir necha afzalliklarga ega bo‘lib, ular yildan yilga ko‘plab odamlar e'tiborini tortmoqda. Bunday ko‘chmas mulkni sotib olish oilangiz kelajagi va sarmoyasi uchun eng yaxshi tanlovdir.
Zamonaviy muhandislik texnologiyalari bo‘yicha qurilgan binoning asosiy jihatlari quyidagilar:
- yuqori sifatli Rossiya armaturasidan foydalanilgan;
- ishonchli, zilzilabardoshli monolit karkasli ekanligi, Rixter shkalasi bo‘yicha 9 balli yer silkinishiga bardosh bera oladi;
- shovqin qaytaruvchi “Imzo Premium” oynalari o‘rnatilgan;
- har bir xonadonda Italiya gaz qozoni mavjud;
- Yevropada ishlab chiqarilgan tezyurar va shovqinsiz va qulay liftlar bor;
- kirish eshiklari va qulflar yuqori sifatli materialdan tayyorlangan.
Mavjud kvartiralar va ular haqidagi batafsil ma'lumotni savdo ofislaridan quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin:
+99899 888 80 00; +99898 365 00 11.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
07:59 / 03.08.2024
Nijniy Tagilda uy qulashi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi
14:49 / 12.06.2024
May oyida uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi
08:10 / 11.06.2024