Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishchi guruhlari chegara masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
2018 yilning 1-7 avgust kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi va davlat chegarasining qolgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi.
Mazkur muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyati bilan Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyati tutashgan hududidagi ikkita uchastka (Shohimardon va G‘aznov) bayon qilindi.
Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi. Unda O‘zbekistonning Farg‘ona va Namangan viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlarda joylashgan ikki davlat chegarasining qolgan uchastkalarida dala tekshiruvlarini o‘tkazish sanalari ham kelishib olindi.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026