Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 328 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni to‘xtatib qolishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelayotgan yirik miqdordagi kiyim-kechaklar va dori-darmonlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Izboskan tumanida boshlangan tezkor tadbir davomida dastlab fuqaro Q.R. boshqaruvidagi «Cobalt» avtomashinasi kuzatuvga olinadi. Chunki, unda qo‘shni davlatdan bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llar orqali olib o‘tilgan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar tashilayotgan edi.
Avtomashinaning «yugurgani» esa Norin tumanigacha bo‘ldi. Tumandagi To‘da qishlog‘ida avtomashinadagi yuklar «Isuzi» rusumli yuk avtomashinasiga yuklanayotgan paytda bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.
Tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, ushbu yuklar fuqaro M.R. ga tegishli bo‘lib chiqdi. Shundan so‘ng, ushbu shaxsning xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda ham xorijda ishlab chiqarilgan 6 qop tovar borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida olib qo‘yilgan tovarlar asosan dori-darmonlar va kiyim-kechaklar bo‘lib, ularning umumiy qiymati 328 mln. 493 ming so‘mdan oshar ekan», deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:26 / 05.05.2026
Davlat chegarasidagi noqonuniy tunnel uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
14:48 / 30.03.2026