Jahon | 01:13 / 08.08.2018
10046
2 daqiqa o‘qiladi

Eron TIV rahbari: dunyo AQShning bir tomonlama harakatlaridan charchadi

Foto: TASS/Sergey Savostyanov

Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif dunyo AQShning turli masalalarga bir tomonlama yondashuvidan charchaganini bildirdi. Tashqi siyosat mahkamasi rahbari Twitter’dagi sahifasida ana shu nuqtai nazarini bayon etdi.

"G‘azab va tvitlar AQShning bir tomonlama harakatlari dunyoning bo‘g‘ziga kelgani haqidagi faktni o‘zgartira olmaydi. AQSh bilan savdoning to‘xtashi va 100 ming ish o‘rnini yo‘qotgani biz uchun juda yaxshi, ammo dunyo "tvitter" diktatura ortidan ergashmaydi. Shunchaki YeI, Rossiya, Xitoy va boshqa o‘nlab savdo hamkorlarimizdan so‘rab ko‘ring ", - deb yozdi Zarif.

Qo‘shma Shtatlar avgustda 2016 yilning yanvarida yadroviy kelishuv imzolangani bois Tehronga nisbatan bekor qilingan sanksiyalarni tiklashning birinchi bosqichini boshladi. Seshanba kunidan boshlab Tehron bilan oltin va boshqa qator metallar savdosiga, uning milliy valyutasi bilan operatsiyalarga nisbatan cheklovlar hamda Eron hukumatiga dollar sotish borasidagi taqiq kuchga kirdi. 

Tramp shu yilning may oyida Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini va Eronga nisbatan nafaqat avvalgi, balki yangi sanksiyalarni joriy etishini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid