AQŞ hukumati Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarifning Nyu-York böylab harkatlanişini yana çeklab qöydi. Bu haqda tvitterda uning örinbosari Abbos Araqçi ma'lum qildi.

Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va uning delegatsiyasi, jumladan Zarif Nyu-Yorkda ötadigan BMT Boş assambleyasi sessiyasiga vizalari yöqligi sababli borişa olmayotgani ma'lum qilingandi. Biroq 19 sentyabrda Eronning BMTdagi missiyasi rahbari Ruhoniy va Zarif Boş assambleyada iştirok etiş uçun AQŞ vizasini olişganini ma'lum qilgan. 20 sentyabrda Zarif Nyu-Yorkka kelgan.

Araqçi 21 sentyabrda Zarifning Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasida intervyu berayotgani suratini e'lon qilgan. Xona studiya körinişiga keltirilgan.

“Uning AQŞ vizasi studiyaga borişga ijozat bermagani sababli, studiya Eronning Nyu-Yorkdagi vakolatxonasiga kelişiga töğri keldi”, deb izoh qoldirgan Araqçi.

Avvalroq AQŞ Eron iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga qarşi keskin sanksiyalar kiritgandi. Iyul oxirida sanksiyalar röyxatiga Zarif ham kiritilgan. 

AQŞ Zarifning iyuldagi taşrifi vaqtida ham uning Nyu-York böylab harakatlanişini çeklab qöygandi. U faqat BMT binosi, Eronning taşkilotdagi vakolatxonasi, Eronning BMTdagi vakili qarorgohi va Jon Kennedi nomidagi aeroport orasida harakatlana olgan.