AQŞ bilan muloqot tarafdori bölgan Eronning strategik masalalar böyiça vitse-prezidenti Muhammad Javod Zarif iste’foga çiqdi. U ön kun davomida lavozimda işlagan.
«Öz işimning (yangi Vazirlar Mahkamasini şakllantiriş böyiça maslahat kengaşi rahbari sifatida) natijasidan qoniqmadim», deb yozdi Zarif ijtimoiy tarmoqda.
Mas’ud Pizişkiyon 5 iyul kuni bölib ötgan Eron prezidentlik saylovida ğalaba qozonganidan keyin Zarif Maslahat kengaşiga rais bölgan edi. U vazirlikka nomzodlarni tanlab olişi va 11 avgust kuni tasdiqlaş uçun parlamentga taqdim etişi lozim edi.
U özi va’da qilgandek, «maxsus qömitalarning e’tiborini ayollar, yoşlar va etnik ozçiliklarni jalb etişga qarata olmaganini» ta’kidladi.
Muhammad Javod Zarif 2013 yildan 2021 yilgaça Eron taşqi işlar vaziri lavozimida işlagan. Sobiq vazir 2015 yilda Eron yadro dasturi böyiça bitim tuzişda faol iştirok etgan va Amerika rasmiylari bilan doimiy muloqotda bölgan. U 2024 yilgi prezidentlik saylovida islohotçi nomzod Mas’ud Pizişkiyonning asosiy tarafdoriga aylandi.
Zarif iste’foga çiqqandan keyin ham universitetdagi faoliyatini davom ettirmoqçi. U 2007 yildan beri Tehron universitetining xalqaro munosabatlar maktabida dars beradi.












