Jahon | 09:05 / 08.08.2018
18219
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Tramp muzokaralarining yangi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Foto: Brendan Smialowski/AFP/Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan muzokaralarda yadroviy qurolsizlanish va koinotda qurol ishlatishni taqiqlash masalasini ham muhokama etishni taklif qilgan. Bu haqda Politico «Rossiya hujjati»ga asoslanib xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, ichida qurollar ustidan nazorat qilish ham bo‘lgan mavzular ro‘yxati muzokaralarda qatnashgan va ularga tayyorgarlik ko‘rgan shaxslar bilan bog‘liq manbalardan olingan.

Shuningdek, xabar berilishicha, Xelsinkidagi sammit yakunlariga ko‘ra, shuningdek, boshqa shunga o‘xshash muzokaralardan kelib chiqadigan bo‘lsa, Rossiya rahbari Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga qaramasdan, yadro quroli bo‘yicha kelishuvlarni saqlab qolish tarafdori bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevda sentabr oyini kutib turgan Putinning ssenariysi haqida gapirishgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid