Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kreml sentabr oyini kutib turibdi». Kiyevda Putinning ssenariysi haqida gapirishdi
Foto: Fakty.ua
Rossiya mamlakatda saylovlar yaqinlashgani sari Ukraina ustidan siyosiy hamda iqtisodiy nazoratini qo‘lga kiritish uchun maksimal miqdorda resurslarni sarflashi mumkin, deya ma'lum qildi harbiy ekspert Aleksey Arestovich Fakty.ua nashriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar «Rossiyaga yaqin pozitsiyadagi nomzod» saylovlarda g‘alaba qozonsa, mamlakat o‘z mustaqilligini yo‘qotadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir «juda ko‘p odamlar Poroshenkoni olib tashlashmoqchi».
«Vaziyat qo‘rqinchli: Kreml vaziyatni, ayniqsa, janubni keskinlashtiradi», - dedi ekspert.
Uning ta'kidlashicha, «hamma narsa sentabrda boshlanadi», bu odamlarning ta'tildan qaytib kelishlari bilan bog‘langan. «Qaynoq nuqtalar»ga aylanishi mumkin bo‘lgan joylar orasida Xerson, Berdyansk va Mariupol tilga olindi.
Uning qayd etishicha, Ukrainada «zo‘ravonlik uchun katta talab mavjud».
«Poroshenkodan boshqa kimdir g‘alaba qozonsa, Poroshenko «rejimi» tomonidan Donbassdagi urush boshlangani haqidagi tezislar avjiga chiqa boshlaydi, ular Ukrainani Rossiya bilan yarashtiradi. Natijada, Putin bir yil yoki ikki yil ichida Ukrainani qo‘lga oladi», - dedi u.
Shuningdek, Arestovichning aytishicha, Rossiya «harbiy usuldagi» bosimni siyosiysiga o‘zgartiradi hamda ukrainalik bokschi Aleksandr Usikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanadi.
Mavzuga oid
15:24
Bloomberg: RF va Eron Xitoyga neft sotish uchun narx urushi olib bormoqda
15:20
Orban Kiyevni Vengriya energetikasiga hujumlar rejalashtirishda aybladi
14:37
Ukraina dronlari uchun “ikkinchi kontur”: ishlab chiqarish Britaniyaga kengaydi
14:07