O‘zbekiston | 11:10 / 08.08.2018
5360
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekgidroenergo” Xitoyning eng yirik korporatsiyalaridan biri bilan hamkorlik qiladi

Foto: “O‘zbekgidroenergo” AJ

Gidroenergetika sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida  “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hamda Xitoy Xalq Respublikasining "SANY Heavy Industry Northwest Co LTD" korporatsiyasi prezidenti Syan Venbo bilan o‘zaro hamkorlik ishlari borasida navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

“SANY Group” kompaniyasi  qurilish texnikasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, xususan, beton bilan ishlashga mo‘ljallangan uskunalar, ekskavatorlar, gusenitsali kranlar, o‘zi yurar kranlar, qoziqoyoqlar qoqish uchun mashinalar, yo‘l-qurilish texnikasi, port mashinalari va shamol turbinalarining keng assortimentidagi mahsulotlarni chiqaruvchi xalqaro kompaniyadir. Ayni paytda «SANY Group» kompaniyasi Xitoyda beshta industrial parkka, Amerika, Germaniya, Hindiston va Braziliyada to‘rtta tadqiqotchilik va ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan global korporatsiya hisoblanadi. Korporatsiya o‘z ishini 1989 yil kichik fabrika boshlab, hozirda yirik qurilish texnikalarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi kompaniyalardan hisoblanadi. 

Mazkur kompaniya bilan “O‘zbekgidroenergo” aksionerlik jamiyatining yirik hamkorlaridan biri hisoblandi.  Bugungi kunda kompaniya jamiyat tomonidan olib borilayotgan yirik qurilish loyihalarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan qurilish texnikalarini yetkazib bermoqda. 

«SANY Group»  korporatsiyasi prezidenti Syan Venbo O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga alohida to‘xtalib, jamiyat boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginovga o‘zaro hamkorlik ishlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi. 

Muloqot davomida taraflar hududlardagi qurilish ishlari zaruriy texnikalarini xarid qilish va yetkazib berish uchun kelishib olindi.  

Samarali o‘tgan o‘zaro ikki tomonlama uchrashuv so‘ngida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid