Jahon | 21:03 / 09.08.2018
4967
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada prezidentning brilliant qadalgan oltin medalini o‘g‘irlab ketishdi

Foto: REUTERS

Boliviyada prezident Evo Moralesning oltin medali o‘g‘irlandi, o‘g‘irlikni sodir etganlardan biri qo‘lga olindi, deb xabar berdi Los Tiempos gazetasi.

Prezidentning brilliant qadalgan oltin medali va tasmasi qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan shaharning jinoyatchilik yuqori bo‘lgan tumanida avtomobil ichida unutib qoldirilgan. Jinoyatchilar mashina oynasini sindirib, uning ichidagi barcha narsani o‘g‘irlab ketishgan, ammo buyumlar kimga tegishli ekanini tushunishganidan so‘ng mahalliy telekanalga qo‘ng‘iroq qilishib, o‘g‘irlangan narsalarni La-Pasdagi cherkov yaqinida qoldirishganini xabar qilishgan.

Politsiya buyumlar topilganidan keyin ham qidiruvni to‘xtatmagan. Jinoyatchilar Peru fuqarolari bo‘lib chiqishgan. Ulardan biri qo‘lga olingan. E'tiborsiz qo‘riqlash xizmati xodimi ham hibsga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid