Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada bosh vaziri Saudiya Arabistoni bo‘yicha yangi bayonot berdi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ma'lum qilishicha, mamlakat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik yuzaga kelganiga qaramay, Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Bu haqda Kanadaning CBC xabar qilmoqda.
Tryudoning so‘zlariga ko‘ra, Kanada bunday keyin ham qadriyatlar va inson huquqlarini himoya qilishda davom etadi. Shu bilan birga, Kanada bosh vazirining ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni hukumati bilan qat'iylikni saqlab, diplomatik va siyosiy aloqalarni davom ettirish niyatida.
«Kanadaliklar har doim hukumatdan, u butun dunyoda inson huquqlarini hurmat qilish zarurligi haqida aniq, qat'iy va xushmuomalalik bilan gapirishini kutishgan. Biz bundan keyin ham Kanada qadriyatlari va inson huquqlarini himoya qilishni davom ettiramiz. Bu men har doim qiladigan narsadir», - deya aytib o‘tdi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Kanadadagi tibbiyot dasturlarini to‘xtatgandi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026