Jahon | 08:02 / 08.08.2018
6838
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Kanadadagi tibbiyot dasturlarini to‘xtatdi

Foto: CBN News

Saudiya Arabistoni Kanadadagi barcha tibbiyot dasturlarini to‘xtatdi, deya xabar beradi Reuters Saudi Press Agency'ga asosan.

Hozirgi vaqtda saudiyalik amaldorlar Kanadadagi kasalxonalarda bo‘lgan mamlakat fuqarolarini boshqa davlatlar shifoxonalariga ko‘chirish masalasini muhokama qilmoqda.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni elchisini Kanadadan chaqirtirib olgani, shuningdek, Kanadaning Ar-Riyoddagi elchisini non-grat shaxsi deb e'lon qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bundan tashqari, Ar-Riyod Kanada bilan barcha yangi investitsion va savdo operatsiyalarini muzlatib qo‘ydi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining bunday qadamlari Ottava qo‘lga olingan saudiyalik faollarni ozod qilishga chaqirgani tufayli amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Kanada Saudiya Arabistoni tahdidini amalga oshiradigan bo‘lsa, uyatga qolishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid